Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari kuni ma'lum qilindi
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari kuni ma'lum qilindi.
Imtihonlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hududida o‘tkaziladi.
Imtihon kunlari quyidagicha:
- Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati – 7 avgust;
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab – 8-9 avgust;
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabi – 10-12 avgust.
Imtihonlar 3 smenada – 08:00, 12:00, 16:00 da o‘tkaziladi.
Imtihon vaqti haqida talabgorlarga 2 avgust kunidan boshlab sms-xabarnoma yuborilmoqda. Sms-xabarnomani qabul qilgandan so‘ng ariza.piima.uz saytidagi “Shaxsiy kabinet”dan Ruxsatnomani yuklab, chop etib olish shart.
Imtihonga talabgor tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va Ruxsatnoma bilan kelishi lozim. Imtihon o‘tkaziladigan manzil: Toshkent, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi.
Mavzuga oid
18:52 / 15.11.2025
"Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" o‘tkaziladi
17:56 / 31.10.2025
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qanday topshirish mumkin: tajriba, narxlar, tayyorgarlik va u nima uchun kerak?
12:42 / 16.09.2025
Bakalavrga testda imtihonsiz maksimal ball beriladigan sertifikatlar ro‘yxati yangilandi
18:11 / 15.09.2025