Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda turistlar yo‘qligi sababli diqqatga sazovor maskanlar yopilmoqda
Ma'lumot berilishicha, Tailand turizm sanoati daromadlari o‘tgan yili 71, 2021 yilning birinchi yarmida esa 74 foizga kamaygan.
Talad Rot Fay Ratchada tungi bozori / Foto: Getty Images
Xorijlik turistlar yo‘qligi va daromad kamaygani sababli Tailanddagi ommabop turistik obektlar yopilmoqda, deb yozadi Nikkei Asia.
Xabar qilinishicha, Bangkokdagi Talad Rot Fay Ratchada tungi bozori noma'lum muddatga yopildi. Bozor 1 avgustdan ish boshlashi lozim edi, ammo yaqin istiqbolda ochilmasligi ma'lum bo‘ldi.
Bozor o‘zining antikvariatlari, suvenirlari, poyabzal va elektronika mahsulotlari bilan turistlar e'tiborini qozongandi.
Chonburi provinsiyasidagi Siracha yo‘lbarslar hayvonot bog‘i ham 24 yillik faoliyatidan so‘ng yopildi. Hayvonot bog‘i yiliga 1,5 mln nafar turistni qabul qilardi.
«Xorijlik turistlar yo‘qligida ishimizni davom ettira olmaymiz. Ulkan xususiy hayvonot bog‘ini boshqarish uchun nafaqat jismoniy va aqliy kuch, balki mablag‘ ham talab qilinadi», deyiladi Siracha hayvonot bog‘ining Facebook’dagi sahifasida.
Ma'lumot berilishicha, Tailand turizm sanoati daromadlari o‘tgan yili 71, 2021 yilning birinchi yarmida esa 74 foizga kamaygan.
Hukumat oktyabrdan emlangan xorijlik turistlarni mamlakatga kiritishga qaror qilgan.
Tailandda oxirgi haftada sutkasiga 20 mingga yaqin koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holat qayd etilgan.
Mavzuga oid
21:52 / 19.01.2026
O‘zbekiston AQShda uchta yangi konsullik ochadi - elchi
18:00 / 19.01.2026
To‘rt faslda ham sayyohlar uzilmaydigan qishloq: Ertoshsoyda bir kun
17:50 / 19.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga kelgan xorijliklar soni keskin oshdi. Eng ko‘p tashrif qaysi davlatlardan?
21:29 / 15.01.2026