O‘zbekiston | 10:22 / 31.08.2021
44595
2 daqiqa o‘qiladi

«Yangi O‘zbekiston» majmuasi va Mustaqillik monumentining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 31 avgust kuni Toshkent viloyatining poytaxtga tutash qismida, Qibray tumanida barpo etilgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

Qayd etilishicha, Mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan «Yangi O‘zbekiston» majmuasi va Mustaqillik monumentining ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Bog‘ mazmuni milliy davlatchilik tarixi, xalqning bugungi intilishlari va Uchinchi Renessans maqsadlarini o‘zida mujassam etgan. 104 gektarlik bog‘ning umumiy ko‘rinishi Harakatlar strategiyasi yo‘nalishlariga monand daraxtning beshta shoxi shaklidadir. Bu yerda odamlar tabiat qo‘ynida dam oladigan so‘lim hududlar barpo etilgan.

Bog‘ hududida «Istiqlol» majmuasi qurilgan. Unda O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixi, ajdodlarning buyuk ishlari, O‘zbekistonning yangi qiyofasi namoyon etilgan.

Bir gektardan ziyod maydonda 5 ming o‘rinli ochiq amfiteatr barpo etildi. Bu yerda umumxalq bayramlari, madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkaziladi. Majmua zamonaviy yoritish va akustika tizimlari bilan jihozlangan. 

 

Mavzuga oid