Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda 5-6ta oliy ta'lim muassasasi ochmoqchiman – Shavkat Mirziyoyev
Bo‘zatov tumanida mahalliy aholi bilan uchrashgan Shavkat Mirziyoyev ikki yil avval yangi tumanga shaxsan tashrif buyurishga va'da berganini, bugun shu va'dasini bajarganini ta'kidladi.
“Orol muammosini men har bir xalqaro tadbirda ko‘taraman. Chunki bu faqat O‘zbekiston muammosi emas. Shu bilan birga men yaxshi tushunaman – bu muammo hech kimni bizchalik o‘ylantirmaydi. Hech kim kelib bizning muammomizni hal qilib bermaydi.
Bu muammoning yechimi bo‘yicha eng muhim qadam – suvni tejash. Birgina Xorazm viloyatida kanallarni beton qilish orqali 37 foiz suvni tejashga erishdik. Bu bir usul xolos. Qanday odam suvni tejaydi – ilmli odam albatta. Men Nukusda 5-6ta oliy ta'lim muassasasi ochmoqchiman, chunki ta'limga e'tibor zarur. Birgina Bo‘zatovda 3200 gektar yer qayta ishlanibdi va bu ekologiyani qancha yaxshilagan. Shuni 30 yil avval qilsak bilasizmi qanday natijalarga erishardik?!
Bo‘zatovni men yuqoridan ham, pastdan ham kuzatdim. Daraxtlar yam-yashil. Bu yerning, suvning tozaligidan dalolat. Bo‘zatovni bejizga “Qoraqalpog‘iston Shveytsariyasi” deb atashmaydi”, deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
14:04 / 26.08.2025
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
12:24 / 18.02.2025
OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi
10:19 / 15.02.2025
Kambag‘al oilalar farzandiga OTMda qo‘shimcha grant ajratiladi
13:44 / 11.02.2025