Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biz o‘tgan 5 yilda qo‘rquvdan qutuldik – Shavkat Mirziyoyev
Bugun, 28 sentabr kuni prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida O‘zLiDeP tomonidan tashkillashtirilgan saylovchilar bilan uchrashuvda ishtirok etmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Farg‘onadagi uchrashuvda nomzodga so‘z berilganida, Shavkat Mirziyoyev saylov jarayoni haqida o‘z fikrini bildirdi.
“O‘tgan 5 yil davomida biz nimadan qutuldik, desangiz men aytaman – qo‘rquvdan qutuldik. Mana, kecha Namangandagi uchrashuvda bir tadbirkor menga aytyapti – hozir 80 mln dollarlik aylanma mablag‘im bor, deyapti. Oldingi davr bo‘lsa 80 mln emas, 8 ming dollari bo‘lsa darhol nazoratga olinardi. Kim halol ishlayotgan bo‘lsa xotirjam yuraversin, boy bo‘lsin, xalqiga foydasi tegsin.
Saylovda hamma o‘z yuragiga qarab tanlov qilsin. Kimni istasangiz shuni saylang. Faqat oldingidek bir kishi butun oilaning pasportini olib borib saylab kelmasin. Ongli ravishda bo‘lsin. Demokratik yo‘ldan ketishimizni butun dunyo hamjamiyatiga namoyish etamiz, deb ishonaman”, – deya nomzodning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
12:24
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
16:25 / 17.01.2026
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
19:50 / 12.01.2026