Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘ksaroyda Gurbanguli Berdimuhamedov tashrifi munosabati bilan qabul bo‘lib o‘tmoqda
4 oktabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Kun.uz muxbirining ma'lum qilishicha, ayni paytda Toshkentdagi Ko‘ksaroy qarorgohida mehmon sharafiga rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Dastlab ikki prezident ishtirokida davlat madhiyalari yangradi, shundan so‘ng faxriy qorovul o‘z hurmatini bajo qildi.
Rasmiylarni tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tganidan so‘ng suratga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ikki davlat rahbarlari ishtirokida tor doirada va kengaytirilgan uchrashuvlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bo‘lajak oliy darajali uchrashuv kun tartibiga O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlash masalalari kiritilgan.
Asosiy e'tibor savdo, transport va tranzit, energetika sohalaridagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, madaniy-gumanitar almashinuv bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga qaratilishi kutilmoqda.
Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashadi.
Mavzuga oid
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi
21:48 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi
11:50 / 11.12.2025