Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 6 nafar aliment to‘lamagan ota jazoga tortildi
Ular farzandi uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan alimentlarni o‘z vaqtida to‘lashdan bo‘yin tovlagan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, qarzdor A.A. fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan R.M. foydasiga bir nafar farzandi ta'minoti uchun aliment to‘lab borishi belgilangan bo‘lsa-da, qarzdor A.A. aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamasdan kelgan.
Alimentdan 3 607 992 so‘m qarzdorligi yig‘ilib qolgan mas'uliyatsiz otaga sudda chora ko‘rilib, 15 sutka ma'muriy qamoq chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor J.Z. ham bir nafar farzandi ta'minoti uchun aliment to‘lashi yuklatilgan. O‘z farzandining moddiy ta'minotidan bo‘yin tovlab yurgan J.Z.ning ham qarzi yig‘ilib, 8 738 000 so‘mni tashkil etgan. Sud majlisida ushbu qarzdorga ham ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Xuddi shu kuni jami 6 nafar aliment to‘lovchi shaxslarning ishi sudda ko‘rib chiqilib, farzandlari ta'minotidan qochib, aliment to‘lovlarini amalga oshirmay yurganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-4-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlikka tortildi.
Mavzuga oid
10:06 / 27.11.2025
Aliment to‘lovchilar sug‘urta polisi orqali chet elga chiqishi mumkin bo‘ladi
08:50 / 13.11.2025
Samarqandlik ayol erini qamoqdan chiqarish uchun aliment qarzini o‘zi to‘ladi
15:22 / 04.11.2025
Farg‘onada ota aliment bo‘yicha chiqqan janjal oqibatida xotini va 2 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi
11:09 / 09.10.2025