Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir guruh migrantlar chegara to‘sig‘ini buzib Polshaga o‘tishga urinmoqda
15 noyabr kuni ertalab Polsha-Belarus chegarasidagi migrantlar buyumlarini yig‘ishtirgan va ulkan safga tizilib, “Bruzgi” o‘tkazish punkti tomon yo‘lga tushgan.
Foto: EPA/Vostock-photo
Polsha chegarasida to‘plangan bir guruh migrantlar tikanli simlardan o‘tib, Polsha hududiga kirishga urinmoqda.
“SB - Belarus Segodnya” nashrining xabar berishicha, “Bruzgi” o‘tkazish punktida tiqilinch yuzaga kelgan.
Xabar qilinishicha, 15 noyabr kuni ertalab Polsha-Belarus chegarasidagi migrantlar buyumlarini yig‘ishtirgan va ulkan safga tizilib, “Bruzgi” o‘tkazish punkti tomon yo‘lga tushgan.
Polsha chegara xizmati ma'lumotiga ko‘ra, shanba kuni migrantlar jami 223 marta Polsha bilan chegarani noqonuniy buzib o‘tishga harakat qilgani qayd etilgan.
Shuningdek, chegaraning Belarus tomonida qurollangan huquq-tartibot organlari xodimlari paydo bo‘lgani, ayrim migrantlar Belarus politsiyachilarining instruksiyalari va ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llanishidan keyin palatkalarni yig‘ishtira boshlagani haqida xabar bergan.
Mavzuga oid
15:31 / 03.05.2025
Belarus O‘zbekistonda yig‘ma yog‘och uylarni ishlab chiqarishni tashkil etishi mumkin
15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda
16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
16:59 / 06.03.2025