Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaronda giyohvand modda olib ketayotgan haydovchi aniqlandi
Toshkent viloyati Ohangaron shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida IIB YHXB tomonidan giyohvand modda olib ketayotgan haydovchi aniqlandi.
Illyustrativ foto
Joriy yilning 12 noyabr kuni Toshkent viloyati Ohangaron shahrida o‘tkazilgan «Xavfsiz tun» tezkor maxsus profilaktik tadbirlari davomida Ohangaron shahar IIB YHXB boshlig‘i va YPX inspektori kech soat 22:00 larda «Guliston» MFY hududida xizmat olib borayotgan vaqtida, Spark avtomobilini tekshirish maqsadida to‘xtatadi.
Tekshiruv jarayonida 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi O‘rta Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi S.U o‘z xatti-harakatlari bilan YHXB xodimlarida shubha uyg‘otadi. YPX inspektori xolislar ishtirokida haydovchini tekshirgan vaqtida uning yonidan gugurt qutisi ichida o‘tkir hidli, quritilgan yashil rangli giyohvand moddasiga o‘xshash o‘simlik borligi aniqlanadi.
Shundan so‘ng haydovchi ashyoviy dalillar va fuqaro Ohangaron shahar IIBga topshiriladi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:29 / 13.02.2026
Prezident Ohangaronda maishiy texnika korxonasi faoliyati bilan tanishdi
14:16 / 13.02.2026
Ohangaronda mis quvurlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda
13:34 / 13.02.2026
Ohangaronda mikroprotsessor, SIM va to‘lov kartalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
12:55 / 13.02.2026