Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Qrimda qanotli raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi
Mashg‘ulotlarda S-400 va Pansir raketa majmualari ishtirok etdi. Harbiylar shartli dushmanning qanotli raketalarini “yo‘q qildi”.
Foto: TASS
Rossiya harbiylari Qrimda shartli dushmanning qanotli raketalarini yo‘q qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi.
“S-400 Triumf va Pansir raketa majmualari havodagi nishonlarni qidirish va yo‘q qilish bo‘yicha rejali mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Harbiy xizmatchilar shartli dushmanning qanotli raketalarini aniqlash, kuzatish va yo‘q qilishni mashq qildi”, – deyiladi xabarda.
Rossiya noyabr boshlarida Qrimda kemalarga qarshi Bal va Bastion raketa majmualari ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazgandi. O‘shanda dushmanning suvusti kemalari “yo‘q qilingandi”.
O‘z navbatida, o‘tgan haftada Ukraina Qrim yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
Mavzuga oid
08:41
Rossiya: Ukrainadagi xorijiy qo‘shinlar - “qonuniy harbiy nishonlar”
08:26
Rossiya armiyasi tunda Kiyev va Lvivga hujum qildi: halok bo‘lganlar bor
22:43 / 08.01.2026
Iroq «Lukoyl»ning eng yirik xorijiy aktivini milliylashtiradi
14:59 / 08.01.2026