Polshaga qochgan aviadispetcher Minskka majburan qo‘ndirilgan Ryanair reysi bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Foto: AP
Minsk aeroportining Polshaga qochgan aviadispetcheri 23 may kuni Ryanair aviakompaniyasi samolyotining aeroportga majburan qo‘ndirilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Uning ta'kidlashicha, samolyotni qo‘ndirish vaqtida aeroportning dispetcherlar xonasida Belarus davlat xavfsizlik qo‘mitasi zobiti bo‘lgan. Bu haqda Yevropa maxsus xizmatlari vakillariga tayanib The New York Times nashri xabar berdi.
Polsha milliy xavfsizlik departamenti boshlig‘i Stanislav Zarinning ma'lum qilishicha, polshalik tergovchilar o‘sha voqealarning bevosita guvohidan ko‘rsatma olishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu ko‘rsatmalarga ko‘ra, samolyotni qo‘ndirish vaqtida dispetcherlar xonasida maxsus xizmat zobiti bo‘lgan va u “hal qiluvchi lahzada dispetcherlik xizmatini o‘z nazoratiga olgan”. Zobit bortida belaruslik muxolifatchi bloger Roman Protasevich bo‘lgan samolyotni “ushlash” mobaynida telefon orqali kimdir bilan gaplashgan va unga yuz berayotgan voqealar haqida hisobot bergan.
NYT manbalarining ta'kidlashicha, Polshaga qochgan aviadispetcherning ismi Oleg Galegov bo‘lib, u Ryanair samolyoti bilan yuz bergan voqea vaqtida uchuvchiga samolyot bortida bomba borligini va xavfsizlik nuqtayi nazaridan uning Vilnyusga parvozini to‘xtatib, Minskka qo‘ndirish kerakligini ma'lum qilgan.
Nashrning ta'kidlashicha, aviadispetcherning ko‘rsatmalari Polsha prokuraturasiga samolyot bilan yuz bergan voqea yuzasidan Belarus rasmiy shaxslariga qarshi ayblov tayyorlashda yordam beradi. Gap shundaki, Minskka qo‘ndirilgan Boeing-737 samolyoti Polshada ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lgan va Ryanair irland aviakompaniyasining Polshadagi filiali tomonidan foydalanilgan.
Iyulda Belarusning “Nasha Niva” nashri iyun oyida Oleg Galegov ta'tilga chiqqani va shundan keyin uni hech kim ko‘rmaganini ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, “Belaeronavigatsiya” korxonasi o‘z xodimini izlashga tushgan, biroq bu urinishlar samara bermagan. Shuningdek, aviadispetcher g‘oyib bo‘lgandan keyin ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalarini o‘chirib tashlagan.
2021 yil 23 mayda Afinadan Vilnyusga uchgan Boeing 737 samolyoti bortida bomba borligi haqidagi ogohlantirishdan keyin Minskka qo‘ndirilgan. Samolyotda belaruslik bloger Roman Protasevich va unga hamrohlik qilgan rossiyalik Sofya Sapega bo‘lgan. Ularning ikkisi ham hibsga olingan.
G‘arb davlatlarining ta'kidlashicha, samolyot bilan yuz bergan voqea blogerni hibsga olish uchun ataylab Belarus maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgan. Biroq Belarus bu ayblovlarni rad etib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir kunda belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlarga 11 mln so‘m jarima qo‘llandi
O‘zbekiston | 12:06
-
IHeS Ukrainani 2014 yil mayida Odessadagi odamlar o‘limida qoraladi
Jahon | 12:03
-
Prezidentga eng oliy mukofot – Fransiyaga davlat tashrifi qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 11:51
-
Seriyali obligatsiyalar dasturiga talablar belgilandi
Iqtisodiyot | 11:29
Mavzuga oid

22:15 / 22.11.2024
Ispaniya beshta aviakompaniyani salkam 180 mln yevro jarimaga tortdi

22:50 / 06.09.2024
Polsha Protasevichni qo‘lga olish uchun samolyotni Minskka yo‘naltirgan belaruslik uch amaldorga ayblov e’lon qildi

15:42 / 22.05.2023
Nexta Telegram-kanali sobiq bosh muharriri Roman Protasevich afv etildi

11:40 / 04.05.2023