O‘zbekiston | 09:57 / 10.02.2022
2565
1 daqiqa o‘qiladi

Kuchli shamol Sirdaryodagi ko‘p qavatli uyning tomini uchirib yubordi

Hozirda tomda ta’mirlash ishlari ketmoqda.

Foto: Uy-joy boshqarmasi

Sirdaryo viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yil 5 fevral kuni kuchli shamol oqibatida Xovos tumanidagi Paxtakor mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismiga qattiq shikast yetgan.

Qayd etilishicha, hozirda Xovos tumani uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari tomonidan ko‘p qavatli uyning shikastlangan tom qismini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ishlar yakuniga yetgandan so‘ng qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев

Mavzuga oid