Jamiyat | 07:40 / 17.02.2022
23531
1 daqiqa o‘qiladi

Askiyachi Jo‘raxon Po‘latov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jo‘raxon Po‘latov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xabar berdi.

Foto: Madaniyat vazirligi

Jo‘raxon Po‘latov 1934 yilda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tavallud topgan. U askiya san’atining zabardast vakillaridan biri edi.

J.Po‘latov uzoq yillar madaniyat sohasining turli yo‘nalishlarida, xususan, Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida mehnat qildi.

“Jo‘raxon Po‘latov xalqona, samimiy kulgiga boy har bir chiqishi orqali el mehrini qozondi. San’atimiz rivojiga katta hissa qo‘shdi. 

Ustoz ijodkorning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi. Jo‘raxon Po‘latovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz”, deydi Ozodbek Nazarbekov.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров