22:18 / 22.02.2022
10874

UzAuto Motors Malibu narxi oshirilmasligini ma’lum qildi

Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi Malibu avtomobili uchun shartnoma tuzish to‘xtatilgani yuzasidan qo‘shimcha izoh berdi. Ma’lum qilinishicha, kontraktatsiya tiklanganidan keyin narxlar oshirilmaydi: avvalgi narxda shartnoma tuzish davom ettiriladi.

Shu bilan birga, rasmiy munosabatda Malibu sotuvi bo‘yicha shartnomalar qachon tiklanishiga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 22 fevral kuni sotuvi to‘xtatilmasidan oldin mazkur modelning narxi 359 mln so‘mdan boshlanardi.

Ta’kidlash lozim, UzAuto Motors ikki oydan buyon Spark, Nexia, Cobalt, Lacetti avtomobillari uchun shartnoma qabul qilmayapti. OAVda bu modellar uchun kontraktatsiya oshirilgan narxlar bilan tiklanishi haqida taxminlar bir necha bor yangradi, biroq kompaniya, Malibu bilan bog‘liq holatdan farqli ravishda, bu taxminlarni rad qilib chiqmagan edi.

Mavzuga oid
Top