Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShdan Tayvan bilan barcha rasmiy aloqalarni to‘xtatishni talab qildi
14 aprel kuni amerikalik olti nafar kongressmen Tayvanga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi.
Foto: EPA
Xitoy tashqi ishlar vaziri Chjao Litszyan AQSh hukumatini «yagona Xitoy siyosati»ga rioya qilish va Tayvan bilan barcha rasmiy aloqalarni to‘xtatishga chaqirdi. U shuningdek, AQShdan orol taqdiri to‘g‘risidagi «mas’uliyatsiz iddaolar»dan voz kechishni talab qildi.
«Biz Vashingtonning Tayvan bilan har qanday rasmiy muloqotiga qarshimiz. Xitoy ta’sirchan choralar ko‘rishda davom etadi va o‘z suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini himoya qiladi», — dedi Litszyan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh vakillari Tayvan borasida «mas’uliyatsiz iddaolar»dan voz kechishi lozim.
«Xitoy yagona bo‘lishi shart va bo‘ladi ham, biz Tayvan bilan tinch birlashuv uchun maksimal choralarni ko‘rishga tayyormiz»,— dedi Litszyan.
14 aprel kuni amerikalik olti nafar kongressmen Tayvanga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi.
Bunga javoban Xitoy mudofaa vazirligi Sharqiy Xitoy dengizi va Tayvan yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini e’lon qildi.
Mavzuga oid
07:34
“Kondor”dan Venesuelagacha: AQSh–Janubiy Amerika munosabatlari tarixi
23:50 / 11.01.2026
AQSh Eronga qo‘shin jo‘natish ehtimolini ko‘rib chiqmayapti – OAV
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026