Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston Afg‘onistonga aviazarbalar berdi – OAV
Xabar qilinishicha, aviazarbalar oqibatida 40 nafarga yaqin inson qurbon bo‘lgan.
Foto: Reuters
Pokiston Afg‘onistonning Ho‘st va Kunar viloyatlariga aviazarbalar berdi, halok bo‘lganlar bor. Bu haqda The Khaama Press agentligi xabar qildi.
Kunar viloyati rasmiylari aviazarbalar natijasida olti kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Agentlikning yozishicha, Ho‘st viloyati aholisi kamida 33 kishi qurbon bo‘lganini aytgan.
Al Arabiya telekanalining bildirishicha, aviazarbalar Afg‘oniston bilan chegaradagi Shimoliy Vaziriston okrugida terrorchilar pistirmasiga tushib qolgan yetti nafar pokistonlik harbiyning o‘limiga javob tariqasida berilgan bo‘lishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, aviazarbalar berilishi ortidan Pokistonning Kobuldagi elchisi Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan.
Mavzuga oid
13:36 / 10.03.2026
AQSh BMTning Afg‘onistonga yordamini qayta ko‘rib chiqishga erishmoqchi
22:54 / 05.03.2026
Pokiston-«Tolibon» mojarosi: ular nimani bo‘lisha olishmayapti?
14:13 / 02.03.2026
Pokistonda AQSh va Isroilga qarshi namoyishlar: 23 kishi halok bo‘ldi
21:02 / 01.03.2026