Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent – Bishkek yo‘nalishida xalqaro avtobus qatnovi tiklandi
Joriy yil 15 aprelidan Toshkent – Bishkek yo‘nalishida xalqaro avtobus qatnovi tiklandi. Bu haqda Tashtrans.uz xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, reyslar har kuni, kuniga ikki martadan – soat 18:00 va 19:00 da amalga oshiriladi. Chipta narxi 250 ming so‘m, chiptalarni Toshkent avtovokzalidan olish mumkin.
Avtobuslar 601 km masofadagi Toshkent – Bishkek yo‘nalishini 12 soat 40 daqiqada bosib o‘tadi.
Ushbu xalqaro avtobus yo‘nalishi 2020 yilda koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtatilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 12 apreldan O‘zbekiston Qozog‘iston va Tojikiston bilan ham xalqaro avtobus qatnovlarini tiklagani ma’lum qilingan edi.
Mavzuga oid
17:45 / 30.01.2026
Farg‘ona shahriga Xitoydan 24 ta avtobus olib kelindi
12:26 / 26.01.2026
Buxoro shahrida ham avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatiladi
11:43 / 22.01.2026
Toshkentda noqulay ob-havo: avtobus intervallari uzayishi mumkin
11:34 / 22.01.2026