Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda portlash sodir bo‘ldi
Voqea joyida qo‘lbola portlovchi qurilma parchalari topilgan.
Foto: Videodan kadr
Istanbulning G‘oziusmonposhsho rayonidagi Yoshlar fondi binosi yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Istanbul gubernatori ofisi xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, voqea joyida qo‘lbola portlovchi qurilma parchalari topilgan.
Xavfsizlik xizmatining bildirishicha, bino derazalariga zarar yetgan, jarohatlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Star gazetasining yozishicha, kuzatuv kameralarida shaxsi noma’lum ayol binoga kirgani va u yerda portlovchi qurilmani qoldirib chiqib ketgani qayd etilgan.
Politsiya gumonlanuvchini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya boshlagan.
Mavzuga oid
20:34
Istanbulning sobiq meri Akrom Imomo‘g‘liga 2430 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda
13:07 / 03.03.2026
Zelenskiy: Rossiya va AQSh bilan uchrashuv boshqa joyga ko‘chirilishi mumkin
11:46 / 28.02.2026
Isroil Eronga zarba berdi
09:54 / 27.02.2026