Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti hukmron "Amanat" partiyasi safidan chiqishini e’lon qildi
To‘qayev "Amanat" partiyasi raisi lavozimiga parlament quyi palatasi raisi Yerlan Koshanov nomzodini taklif qildi.
Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hukmron "Amanat" partiyasi raisi lavozimini va partiyasi safini tark etishini ma’lum qildi.
"Bugundan "Amanat" partiyasi raisi vakolatini zimmamdan soqit qilish va partiyadan chiqishga qaror qildim. Prezident saylovida menga ishonganingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga minnatdorlik bildiraman", - dedi To‘qayev "Amanat" partiyasining navbatdan tashqari s’yezdida.
U "Amanat" partiyasi raisi lavozimiga parlament quyi palatasi raisi Yerlan Koshanov nomzodini taklif qildi.
S’yezd qatnashchilari bu taklifni qo‘llab-quvvatladi va Koshanov partiya raisi etib saylandi.
59 yoshli Koshanov 2022 yil 1 fevralda parlament quyi palatasi raisi lavozimini egallagan.
2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tgan saylovlarda "Nur Otan" (keyinchalik "Amanat" deb o‘zgartirilgan) partiyasi 71,09 foiz ovoz olgan.
Mavzuga oid
17:15 / 07.03.2026
Qozog‘istonda «Pervyy» va boshqa Rossiya telekanallari namoyishi to‘xtatildi
07:20 / 06.03.2026
Qozog‘iston yo‘lbarslarni qaytarish uchun o‘n minglab daraxt ekmoqda
19:12 / 05.03.2026
Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik sammiti bo‘lib o‘tadi
19:01 / 04.03.2026