Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya sobiq bosh vaziri to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etildi
Uning xotini Penelopa Fiyon shartli ravishda ikki yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Foto: AFP
Fransiya sobiq bosh vaziri Fransua Fiyon xotinini soxta ravishda ishga joylashtirgani ishi bo‘yicha to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etildi, u buning bir yilini qamoqda o‘taydi. Bu haqda BMF telekanali xabar berdi.
Uning xotini Penelopa Fiyon shartli ravishda ikki yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Qayd etilishicha, Penelopa Fiyon eri bir necha yil davomida parlament quyi palatasida deputat bo‘lib ishlagan vaqtida uning yordamchisi sifatida qayd etilgan va noqonuniy tarzda 500 ming yevro maosh olgan.
Fransua Fiyon 2007-2012 yillarda Fransiya vazirlar mahkamasiga raislik qilgan.
Fiyon 2016-2017 yillarda prezident saylovi poygasida ishtirok etgan va ehtimoliy g‘oliblardan biri deb hisoblangan. Biroq yuqoridagi ayblov sababli poygadan chiqqan.
Parij sudi 2021 yildan Fiyonni mazkur ish bo‘yicha aybdor deb topgan va besh yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. U ikki yilni qamoqda o‘tkazishi lozim edi.
Mavzuga oid
22:41 / 02.03.2026
Ozod bo‘lish uchun qo‘rquv uyg‘otishimiz kerak – Makron Fransiya yadroviy strategiyasi o‘zgarganini e’lon qildi
14:52 / 28.02.2026
Nemsovning o‘ldirilganiga 11 yil: YeI jinoyat haqida eslatdi
11:21 / 28.02.2026
Yevrokomissiya YeI-Merkosur kelishuvini vaqtincha qo‘llaydi
14:21 / 23.02.2026