Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda IShIDning yangi rahbari qo‘lga olindi
Abu Hasan al Qurayshiyni qo‘lga olish bo‘yicha xalqaro operatsiyani Istanbul razvedka va terrorizmga qarshi kurash bo‘limi guruhlari o‘tkazgan.
Istanbul politsiyasi o‘tkazgan maxfiy xalqaro operatsiya davomida IShIDning yangi rahbari Abu Hasan al Qurayshiy qo‘lga olindi. Bu haqda Oda TV portali xabar berdi.
Ma’lumot berilishicha, o‘tgan haftada Turkiya politsiyasi IShIDning yangi yetakchisi Istanbulda ekanligidan xabar topgan va bir necha kun davomida uning yashash joyini kuzatgan.
Abu Hasan al Qurayshiyni qo‘lga olish bo‘yicha xalqaro operatsiyani Istanbul razvedka va terrorizmga qarshi kurash bo‘limi guruhlari o‘tkazgan. Operatsiyaga Istanbul politsiyasi boshlig‘i Zafar Oqtosh rahbarlik qilgan.
IShID rahbari qo‘lga olinganidan so‘ng aksilterror xizmati va milliy razvedka tashkiloti ekspertlaridan iborat guruh tomonidan so‘roq qilingan.
IShIDning avvalgi rahbari Abu Ibrohim al Qurayshiy 2022 yil 3 fevralda o‘ldirilgandi.
Mavzuga oid
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
22:47 / 21.12.2025
Turkiyada og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
00:00 / 15.12.2025