Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mercedes-Benz elektr yuk mashinasi ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda
Og‘irligi 40 tonna bo‘lgan yuk mashinasi bir marta quvvatlanish orqali 500 kilometrgacha yo‘l yurishi mumkin.
Foto: Daimler
Mercedes-Benz kompaniyasi eActros LongHaul deb nomlangan elektr yuk mashinasini ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Yangi model litiy-temir-fosfat unsurlar asosida tayyorlangan batareya bilan jihozlanadi. Akkumulyator yarim soat ichida 20 foizdan 80 foizga quvvatlanadi.
Og‘irligi 40 tonna bo‘lgan yuk mashinasi bir marta quvvatlanish orqali 500 kilometrgacha yo‘l yurishi mumkin.
Mercedes-Benz eActros LongHaul prototipi premerasi sentabr oyida Hannoverda bo‘lib o‘tadigan IAA Transportation ko‘rgazmasida namoyish etiladi.
U 2023 yilda yo‘llarda sinovdan o‘tkaziladi, 2024 yildan esa turkum ishlab chiqarish boshlanadi.
Mavzuga oid
09:16 / 31.10.2025
Toshkentda «Mercedes-Benz» tez yordam avtomobili bilan to‘qnashdi
21:18 / 26.08.2025
Xitoy elektromobili aqlbovar qilmas rekord o‘rnatdi
22:35 / 11.08.2025
Ford AQShda arzon elektromobillar ishlab chiqarishga 2 mlrd dollar sarmoya kiritadi
07:27 / 29.07.2025