Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Voronejda o‘zbekistonlik muhojirga kuch ishlatgan migratsiya xodimi ishdan bo‘shatildi
Rossiyaning Voronej shahrida patent olish uchun murojaat qilgan o‘zbekistonlik yigitga hujjat rasmiylashtirish jarayonida kuch ishlatgan xodim, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va shahar IIB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvdan keyin ishdan bo‘shatildi.
“Migratsiya markazida yollanma ishchi sifatida faoliyat yuritib kelgan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan”, – deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.
Avvalroq ma’lum bo‘lgandiki, A.G‘. 2022 yil 1 iyunda ishlash maqsadida Voronej shahriga borgan va hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 28 iyunda Migratsiya markaziga murojaat qilgan. Markaz xodimi esa barmoq izini olish asnosida uni turtkilagan, ko‘kragiga tirsagi bilan zarba bermoqchi bo‘lgandek qo‘rqitgan.
Voqeani O‘zbekiston fuqarosi M.I. tasvirga olgan va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Voronejdagi vakiliga taqdim etgan.
Shu hafta boshida Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuvda 1,8 mln o‘zbekistonlik Rossiyada ishlayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
16:31
Ukraina nomidan Rossiyaga ko‘rsatilayotgan bosim davom etadi – MI6
08:40
Ukrainaning Belgorodga bergan zarbasidan keyin infratuzilmaga zarar yetdi
08:31
Uitkoff Berlindagi uchrashuvdan so‘ng: o‘t ochishni to‘xtatishga yaqinlashdik
18:50 / 13.12.2025