Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
Respublikaning demografik ko‘rsatkichlari raqamlarda e’lon qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumot bilan chiqdi.
Foto: Kun.uz
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 iyul holatiga respublika aholisi soni 35,6 mln kishini tashkil qiladi.
Bunda, ayollar soni 17,7 mln kishiga teng bo‘lsa, erkaklar soni 17,9 mln kishini tashkil etadi.
Shu bilan birga, shaharda yashovchilar soni 18,1 mln kishiga teng, qishloqda yashovchilar 17,5 mln kishiga teng.
Tug‘ilishlar soni – 413,6 ming kishi, o‘limlar soni – 80,9 ming kishi. Nikohlar soni – 108,9 mingta, ajrimlar soni – 24,6 mingta.
Tashqi migratsiya bo‘yicha ko‘chib kelganlar 0,9 ming kishini tashkil qildi, ko‘chib ketganlar 1,4 ming kishiga teng bo‘ldi.
Mavzuga oid
11:55
O‘zbekistonliklar yanvarda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?
10:39
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar: hududlar reytingi e’lon qilindi
12:36 / 19.02.2026
Yangi korxonalar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi
11:53 / 19.02.2026