Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya prezidenti noqulay savollar bergan blogerning telefonini tortib olishga urindi
Jair Bolsonaru o‘tirgan avtomobil yonida uning tarafdorlari yig‘ilgan bo‘lib, ular orasida bloger Lean Uilker ham bo‘lgan. U o‘zini prezident fonida videoga ola boshlagan va Bolsonaruga noqulay savollar bergan.
Foto: Videodan kadr
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru o‘ziga noqulay savollar bergan Youtube-blogerning telefonini tortib olishga urindi. Bu haqda G1 portali xabar berdi.
Ma’lumot berilishicha, voqea prezident o‘z qarorgohini tark etayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Bolsonaru o‘tirgan avtomobil yonida uning tarafdorlari yig‘ilgan bo‘lib, ular orasida bloger Lean Uilker ham bo‘lgan. U o‘zini prezident fonida videoga ola boshlagan va Bolsonaruga noqulay savollar bergan.
Braziliya prezidentini qurshab turganlardan biri blogerni turtib yuborgan. Bloger yiqilib tushgan, lekin gapirishdan to‘xtamagan. Shunda Bolsonaru uning oldiga borgan va Uilkerning qo‘lidagi telefonni tortib olishga uringan.
Avvalroq Braziliya federal politsiyasi Jair Bolsonaruni COVID-19 pandemiyasi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgani uchun mamlakat oliy sudiga chaqirgandi.
Mavzuga oid
19:41 / 22.11.2025
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru hibsga olindi
12:24 / 19.11.2025
Bozorlarda tijoriy syomka pulli bo‘lgani oddiy vizitorlarga taalluqli emas - hokimlik
09:33 / 19.11.2025
Toshkent bozorlarida tijoriy maqsadda video olish pulli bo‘ldi
23:19 / 30.10.2025