18:22 / 19.08.2022
10711

Hindistonda tovlamachilar soxta politsiya bo‘limi ochib, sakkiz oy faoliyat ko‘rsatgani aniqlandi

Tovlamachilar “bo‘lim”ga murojaat qilganlarga yordam berish evaziga jabrlanuvchilardan pul talab qilib kelgan hamda turli xizmatlar ko‘rsatish uchun “pora” olishgan.

Foto: Reuters

Hindistonda tovlamachilar soxta politsiya bo‘limi ochgani va sakkiz oy faoliyat olib borgani aniqlandi, deb xabar berdi The Guardian.

Ular “bo‘lim”ga murojaat qilganlarga yordam berish evaziga jabrlanuvchilardan pul talab qilib kelgan hamda turli xizmatlar ko‘rsatish uchun “pora” olishgan.

Xabarda aytilishicha, yuzlab fuqarolar ularning qurboniga aylangan.

Tovlamachilar politsiya libosida va haqiqiy qurol bilan yurishgan. Qizig‘i, soxta bo‘lim haqiqiy politsiya boshlig‘ining uyidan atigi 500 metr masofada joylashgan.

Ma’lumot berilishicha, bu ish bo‘yicha olti kishi qo‘lga olingan, ularning boshlig‘i qidiruvga berilgan.

Mavzuga oid
Top