Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiya prezidenti Rossiyaga nisbatan ishonch yo‘qolganini aytdi
Sauli Niinistyoning qayd etishicha, Rossiya bilan barcha aloqalarni uzish kerak emas.
Foto: AP
Rossiya va Finlandiya o‘rtasidagi munosabatlar o‘zgardi va hozircha avvalgidek holda tiklanishi istiqboli yo‘q, dedi Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo.
«Hozirda Finlandiya va Rossiya o‘rtasidagi avvalgi munosabatlardan juda oz narsa qoldi. Ishonch yo‘qoldi», — dedi u.
Niinistyoning qayd etishicha, Rossiya bilan barcha aloqalarni uzish kerak emas. U muloqot uchun mavzularni saqlab qolish va Rossiya hukumatining Ukrainadagi harakatlarini qoralashni mamlakatga nisbatan nafratga aylantirmaslikka chaqirdi.
U shuningdek, Finlandiya hukumati Ukrainani qancha kerak bo‘lsa shuncha qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Avvalroq Finlandiya rossiyaliklarga viza berishni keskin qisqartirishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:45
Putin aholi sonini o‘stirish uchun otalikni qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi
19:00
O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan rossiyalik tennischi WTA 125 turniri g‘olibi bo‘ldi
12:25
Pechenej suv ombori to‘g‘oni Rossiya hujumi oqibatida zararlandi
21:54 / 06.12.2025