Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
Minskda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Foto: Dunyo
Hukumat delegatsiyasi tashrifi doirasida Minsk shahrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayevning Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Leonid Zayts bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki mamlakat savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligi joriy holati muhokama qilindi. O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya bo‘lajak 9-yig‘ilishi doirasida yirik kelishuvlarga erishishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Yetkazilayotgan tovarlar nomenklaturasini kengaytirish va savdo hajmini oshirish maqsadida tomonlar qo‘shma «Yo‘l xaritasi»ni imzolashga qaror qildi va ikki mamlakat hududida savdo-logistika markazlari, savdo uylari va ular qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatayotgan «shou-rum»lar tashkil etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rishga kelishib oldi.
Belarus kompaniyalariga farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonda belarus traktorlari, tijorat, yo‘l-qurilish va qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda yordam berishga tayyorlik bildirildi.
Tomonlar tayyor qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uchinchi mamlakatlar bozorlariga eksport qilish uchun qo‘shma fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, «Agroekspress» loyihasi asosida Belarus bozoriga o‘zbek meva-sabzavot mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratdi.
Mavzuga oid
11:43 / 15.12.2025
Ozod etilgan belaruslar boshqalar ozodligi uchun ham kurashishga chaqirdi
22:08 / 13.12.2025
Andijon va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
17:06 / 13.12.2025
“Maqsadimiz kimnidir jazolash emas” – dori sotuviga oid yangi tartib haqida mas’ullar bilan suhbat
12:10 / 13.12.2025