Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda pnevmatik qurol olib yurgan yana bir haydovchi aniqlandi
Foto: IIV Jamoat xavfsizligi departamenti
Toshkent shahrida pnevmatik qurol olib yurgan yana bir haydovchi aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
2022 yil 30 avgust kuni soat 23:30 larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari A.Soriyev va J.Parmonovlar tomonidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili to‘xtatilgan.
Qayd etilishicha, avtomashina xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, uning salonidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan pnevmatik qurol topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro A.S. va qurol Yakkasaroy tumani IIO FMBga topshirilgan.
Bundan oldin Toshkentda YPX xodimlari to‘xtatgan “Nexia-3” salonidan qurol topilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:10 / 18.12.2025
O‘zMU qoshida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi
13:59 / 18.12.2025
Toshkent shahriga kirish joylarida avtoturargohlar quriladi
12:53 / 18.12.2025
Toshkent–London havo qatnovi kengaydi: haftasiga 5 ta reys
08:50 / 18.12.2025