Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Hozir Putin bilan muzokara vaqti emas
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ayni vaqtda Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazishga tayyor emasligini aytdi. U CNN jurnalistining shu haqdagi savoliga shunday javob qaytardi.
«Bugun emas. Men Rossiya tomonidan konstruktiv bo‘lish istagini ko‘rmayapman. Ultimatumlarga kelsak: men uchun kim ultimatumlar qo‘yishi muhim emas — u yoki boshqa kimdir [Putin prezidentlik lavozimidan ketgan taqdirda]. Mening prinsipim shunday: men ultimatumlar qo‘yadiganlar bilan gaplashmayman», — degan Ukraina prezidenti.
Zelenskiy Rossiya bilan kelishuv faqat Ukrainaning RF tomonidan egallab olingan hududlari ozod etilgach imzolanishi mumkinligini aytgan.
«Baribir Rossiya biz bilan chegaradosh, baribir bu juda ko‘p aholiga ega qo‘shnimiz, shuning uchun deokkupatsiyadan keyin bizning mamlakatimiz ular bilan qo‘shni sifatida yashashiga to‘g‘ri keladi», — degan u.
- Zelenskiyning CNN telekanaliga bergan intervyusi ukrain harbiylarining Xarkiv oblastidagi ulkan muvaffaqiyatlari ortidan e’lon qilindi. Sentyabr oyida besh kun ichida ular RF harbiylari oylar davomida egallab turgan va Donetsk oblastiga hujum qilish uchun foydalangan katta hududlarni qaytarib oldi. RF mudofaa vazirligi bu hududlardan chekinishini «Donbassdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish» uchun «qo‘shinlarni qayta jamlash va ko‘chirish» sifatida izohladi.
Mavzuga oid
14:01
Haagada Ukrainaga reparatsiyalar bo‘yicha xalqaro organ tashkil etildi
13:21
Putin Baykal atrofida “sanitar” maqsadda o‘rmonlarni kesishga ruxsat berdi
12:08
Berlin va London Kiyevga havo mudofaasini kuchaytirishda yordam va’da qildi
17:55 / 16.12.2025