09:53 / 13.09.2022
3051

O‘zbekiston Britaniyaning mashhur sayyohlik yo‘nalishlari to‘plamiga kirdi

Buyuk Britaniya xalqaro nashriyoti O‘zbekiston sayyohlik brendining Britaniyadagi elchisi Sofi Ibbotson maqolasini chop etdi.

Foto: Kun.uz

Britaniyadagi Dorling Kindersley xalqaro nashriyoti sayyohlar uchun mo‘ljallangan “Yaxshisi bu yoqqa keling” sayyohlik qo‘llanmasini chop etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Qo‘llanmada O‘zbekiston sayyohlik brendi Buyuk Britaniyadagi elchisi Sofi Ibbotsonning mashhur Registon maydonida joylashgan va YuNeSKO Butunjahon merosi ro‘yxatidan joy olgan Samarqand uchta ramziy diniy va me’moriy yodgorliklaridan biri -  Tillakori madrasasi haqidagi maqolasi o‘rin olgan.

Muallif Tillakori madrasasini Vatikandagi Avliyo Pyotr soboriga muqobil bo‘lgan tarixiy yodgorlik sifatida ta’riflagan. Shu bilan birga, u "agar gap mutlaq hashamat haqida ketar ekan, ko‘zni qamashtiradigan bu madrasa sobordan ustunlikka egadir", deb yozadi.

Maqolada 17 asr o‘rtalarida harbiy qo‘mondon Bahodir Yalangto‘sh tomonidan bunyod etilgan Tillakori madrasasi tarixi va o‘ziga xosligi haqidagi batafsil ma’lumotlar o‘quvchilar e’tiboriga havola qilingan. Me’moriy obida nega bunday nomlanishi, u nega barcha sayohatchilar e’tiborini tortishi, noyob dizayni va boshqa barcha muhim tarixiy ma’lumotlar maqolada o‘z ifodasini topgan.

Mavzuga oid
Top