Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mbappe dunyoning eng ko‘p haq to‘lanuvchi futbolchisiga aylandi
Kilian Mbappe bu yilgi mavsumda 125 mln dollarga ishlaydi.
Foto: Getty Images
«Pari Sen-Jyermen» hujumchisi Kilian Mbappe dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi. Yillik reyting Sportico portalida e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, 23 yoshli fransuz PSJ bilan may oyida imzolagan shartnomasi tufayli o‘tgan yilgi yetakchi Lionel Messini ortda qoldirdi.
Mbappe bu yilgi mavsumda 125 mln dollarga ishlaydi. Bundan 105 mln dollarini maoshi, 20 mln dollarini esa turli homiylik shartnomalari tashkil etadi.
Ikkinchi o‘ringa 113 mln dollar (53 mln + 60 mln) bilan «Manchester Yunayted»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu joylashdi.
Messi uchinchi o‘ringa tushib ketdi. Argentinalik 35 yoshli futbolchi 110 mln dollarga ishlaydi (62 mln + 48 mln).
Yuqori o‘ntalikdan shuningdek, braziliyalik Neymar (PSJ, 91 mln — 56 mln + 35 mln), misrlik Muhammad Saloh («Liverpul», 39,5 mln — 24,5 mln + 15 mln), belgiyalik Eden Azar («Real», 31,3 mln — 28,6 mln + 2,5 mln), ispaniyalik Andres Iniyesta («Vissel Kobe», 30 mln — 23 mln + 7 mln), angliyalik Rahim Sterling («Chelsi», 29,4 mln — 21,4 mln + 8 mln), belgiyalik Kevin De Bryuyne («Manchester Siti», 29 mln — 25,5 mln + 3,5 mln) va fransiyalik Antuan Grizmann («Atletiko», 27,5 mln — 22 mln + 5,5 mln) joy oldi.
Mavzuga oid
12:24 / 27.11.2025
Mbappeda poker, «Liverpul»da yirik mag‘lubiyat. YeChLda kun o‘yinlari
23:18 / 17.11.2025
Mbappe va PSJ sudda bir-biridan 200 mln yevrodan ortiq talab qildi
12:01 / 10.09.2025
Norvegiyadan 11:1, Fransiya va Portugaliyada kambek. Kun o‘yinlari
09:45 / 25.05.2025