Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqining Minskdagi vakili Belarus vizasidan mahrum qilindi
Yevropa ittifoqining Belarusdagi vakolatxonasi rahbari Dirk Shubel ish joyiga qayta olmaydi. Bu Yevropa ittifoqi va Belarus o‘rtasidagi aloqalarni yanada cheklaydi, deya ma’lum qildi Yevrokomissiya.
Foto: Picture Alliance
Belarus hukumati Yevropa ittifoqining Minskdagi vakolatxonasi rahbari Dirk Shubelga viza berishdan bosh tortdi. Bu haqda 20 sentabr, seshanba kuni Polshada faoliyat yurituvchi «Belsat» telekanali xabar berdi. Endi nemis diplomati Belarusga kira olmaydi va o‘z ishini davom ettira olmaydi.
Yevrokomissiya vakili Piter Stanoning so‘zlariga ko‘ra, bu «do‘stona bo‘lmagan qadam Yevropa ittifoqi va Belarus o‘rtasidagi toraygan diplomatik kanallar va ikki tomonlama munosabatlarni yanada cheklaydi». Stano 6 sentabr kuni Minskda Yevropa ittifoqining muvaqqat ishlar vakili Evelina Shulsning «noqonuniy va ruxsat etilmagan» hibsga olinishini esladi.
Shundan so‘ng, «Belarus rasmiylari o‘z mandatini davom ettirishga tayyor bo‘lishiga qaramay, Minskdagi YeI delegatsiyasi rahbari, elchimiz Dirk Shubelning akkreditatsiyasini uzaytirmay, undan ham uzoqroqqa borishga qaror qildi», — deya Yevrokomissiya vakilining so‘zlaridan iqtibos keltirgan «Belsat».
Avvalroq, 16 sentabr kuni Piter Stano DW nashriga bergan intervyusida Evelina Shulsning Minskda hibsga olinishini diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining «qabul qilib bo‘lmaydigan buzilishi» deb atadi va Belarusning Bryusseldagi diplomatik missiyasi rahbari chaqirtirilganini ta’kidladi. «Bo‘lgan voqea juda jiddiy oqibatlarga olib keladi», dedi Stano.
Mavzuga oid
23:50 / 17.12.2025
Lukashenko unga qarshi namoyish yetakchilarini ozod qildi. Nega?
11:43 / 15.12.2025
Ozod etilgan belaruslar boshqalar ozodligi uchun ham kurashishga chaqirdi
12:10 / 13.12.2025
Belarusdan yerosti tunneli orqali Polshaga 180 nafardan ortiq noqonuniy migrant kirib keldi
13:10 / 11.12.2025