14:46 / 05.10.2022
8625

Yevropa ittifoqi davlatlari vakillari Moskvaga qarshi 8-sanksiyalar paketi bo‘yicha kelishib oldi 

Yevropa ittifoqi davlatlarining doimiy vakillari Moskvaga qarshi yangi, sakkizinchi sanksiyalar paketi to‘g‘risida kelishib oldi. Bu haqda Twitter’dagi mikroblogida hozirda Yevropa ittifoqiga raislik qilayotgan Chexiya vakolatxonasi ma’lum qildi. 

Foto: RIA Novosti

Unda aytilishicha, yangi sanksiyalar Yevropa ittifoqining Rossiyaning yaqinda Ukraina hududlarini annexia qilganiga javobi sifatida joriy etilmoqda.

Sakkizinchi sanksiyalar paketi orasida neftni uchinchi davlatlarga belgilangan chegaradan yuqori narxda tashishni taqiqlash ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, po‘lat, plastmassa mahsulotlari va kimyoviy moddalarning ayrim turlarini taqiqlash ham rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, Rossiya tashkilotlariga IT-xizmat va yuridik xizmatlar ko‘rsatishni taqiqlash cheklovi bor.

Avvalroq Rossiyadagi bosmaxonalar sanksiyalar tufayli ishini to‘xtatishi mumkin ekani xabar qilingandi.

G‘arb davlatlarning yetkazib berish to‘xtatilgan uskunalari Rossiya bosmaxonalari quvvatining 90 foizini tashkil etgan.

Rossiya bosmaxonalari jihozlarining 90 foizi Yevropa, Shimoliy Amerika va Yaponiya uskunalari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Rossiyaga eng yirik eksportchilar Germaniya, Shveytsariya, Italiya, Kanada va Yaponiya bo‘lgan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top