Davlat xizmati ko‘rsatish sohasida qariyb 100 mingta qonunbuzilish holati aniqlandi
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sohasida joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida jami 99 883 ta qonunbuzilish holati aniqlandi.
“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanalida yozilishicha, shundan 81 458 tasi muddat buzilishi, 7 115 tasi ortiqcha hujjat talab qilish, 4 593 tasi to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat xizmati ko‘rsatish, 2 113 tasi asossiz rad etish, 10 tasi vakolatli organ qonuniy talabini bajarmaganlik hamda 4 594 tasi boshqa turdagi qonunbuzilishlarni tashkil etadi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 837 ta taqdimnoma kiritilgan, 405 ta profilaktik suhbat o‘tkazildi hamda 973 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 1 065 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, ulardan 33 nafar shaxs egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 973 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
12:39 / 15.02.2024
Antikorrupsiya agentligi xodimlari 2023 yilda qanday sovg‘alar olgani ma’lum qilindi
22:20 / 31.01.2024
Mansabdor shaxslar jinoyatchiligi bo‘yicha raqamlar ochiqlandi
12:49 / 05.12.2023
Daromad bo‘yicha deklaratsiya topshirishdagi davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
15:41 / 24.11.2023