13:22 / 08.10.2022
12760

Yakkasaroy tumanida 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

2022 yil 6 oktabr kuni taxminan soat 13:30 larda Yakkasaroy tumani hududidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida to‘rtta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 2000 yilda tug‘ilgan K.X. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli transport vositasi, 1987 yilda tug‘ilgan R.A. boshqaruvidagi Spark rusumli transport vositasi, 1993 yilda tug‘ilgan B.S. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli transport vositasi, 1980 yilda tug‘ilgan D.G. boshqaruvidagi JETOUR rusumli transport vositasi to‘qnashgan. 

Dastlabki olingan ma’lumotga ko‘ra, YTH sababi: Nexia-3 rusumli transport vositalaridan biri haydovchisi yo‘l harakati qoidalariga rioya etmasdan, yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib harakatlangan va boshqa transport vositasi bilan to‘qnashgan. Natijada, to‘rtta avtomashina ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida Spark avtomashinasi haydovchisi, shuningdek yo‘lovchisi - voyaga yetmagan, 2013 yilda tug‘ilgan J.J. tan jarohatlari olib tibbiyot muassasasiga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top