Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya oziq-ovqat embargosini 2023 yil oxirigacha uzaytirdi
Sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlardan Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kirishni taqiqlash va ushbu qoidalarni buzgan holda import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini yo‘q qilishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar sakkizinchi marta uzaytirildi.
Foto: EPA-EFE/URS FLUEELER
Rossiyada oziq-ovqat embargosi, ya’ni Rossiyaga xorijiy davlatlardan bir qator tovarlarni yetkazib berishni taqiqlash 2023 yil oxirigacha uzaytirildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 11 oktyabr, seshanba kuni imzolangan tegishli farmoni huquqiy axborot rasmiy portalida e’lon qilindi.
Yevropa ittifoqi, AQSh, Avstraliya, Norvegiya, Kanada va Ukrainadan go‘sht, kolbasa, baliq va dengiz mahsulotlari, sabzavotlar, meva va sut mahsulotlarini Rossiyaga olib kirishni taqiqlashni nazarda tutuvchi «alohida maxsus iqtisodiy choralar» 2014 yil avgust oyida joriy etilgandi. Moskvaga ko‘ra, ular «Rossiya xavfsizligini ta’minlash»ga qaratilgan.
Cheklovlar o‘sha yilning boshida Ukrainaning Qrim yarimoroli Rossiya tomonidan annexia qilinishi munosabati bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etgan mamlakatlarning mahsulotlarini o‘z ichiga olgan.
2015 yil iyul oyida Vladimir Putin Rossiyaga noqonuniy olib kirilgan g‘arb tovarlarini yo‘q qilish to‘g‘risida qaror chiqardi. 5 yil davomida Rosselxoznadzor importi taqiqlangan 36,17 ming tonna mahsulotni aniqladi va yo‘q qildi.
Bugungi kunga qadar ushbu «oziq-ovqatga qarshi sanksiyalar» Rossiyada yetti marta uzaytirildi.
YUNISEFning 2021 yil yozida e’lon qilingan dunyodagi oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risidagi hisobotida aytilishicha, 2018-2020 yillar davomida Rossiyada to‘qqiz milliondan ortiq odam oziq-ovqat tanqisligi sharoitida va ocharchilik yoqasida yashagan.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bu davrda 400 ming rossiyalik «o‘ta zaif» guruhga kiritilgan. Bular ocharchilik yoqasida yashovchi va kerakli miqdorda oziq-ovqat ololmaydigan odamlardir.
Shu bilan birga, 8,7 millionga yaqin odam (o‘sha paytdagi Rossiya aholisining qariyb 6 foizi) «o‘rtacha zaif» toifasiga kirdi. Ular har kuni ovqatlangan, lekin porsiya va sifatni tejashga majbur bo‘lishgan.
Mavzuga oid
09:21 / 04.12.2025
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini bojsiz olib chiqish me’yorlari e’lon qilindi
14:48 / 26.11.2025
Sanoat korxonalarining asosiy qismi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
12:44 / 17.11.2025
Oziq-ovqat mahsulotlariga sanitariya xulosasi 3 yilga beriladi
09:00 / 17.11.2025