Mudofaa vazirligi Chirchiqda bankomatdan pul o‘g‘irlashga uringanlar IIV harbiy xizmatchilari ekanini ma’lum qildi
Qo‘lga olinganlarning Mudofaa vazirligiga aloqasi yo‘qligi ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida 3 nafar harbiy xizmatchi tomonidan bankomatlardan pul o‘g‘irlashga urinish holati sodir etilgani bo‘yicha ma’lumotlar tarqaldi. Mudofaa vazirligi holat bo‘yicha munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, harbiy xizmatchilar toifasiga O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Prezident davlat xavfsizligi xizmati va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralarning qo‘shinlar tarkibida xizmat qilayotgan shaxslar kiradi.
Qo‘lga olingan harbiy xizmatchilarning Mudofaa vazirligiga hech qanday aloqasi yo‘q, ular Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hisoblanadi.
«Yuqoridagilarni inobatga olib, ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar tarqatishdan avval harbiy xizmatchilar qaysi bir vazirlik yoki idora vakili ekani aniqlangandan so‘ng aniq faktlarga asoslangan holda tarqatilishi maqsadga muvofiqdir. Umumiy ravishda tarqatilgan ma’lumotlar barcha vazirlik va idoralarning harbiy xizmatchilari sha’niga putur yetkazishi mumkin», deyiladi munosabatda.
Ichki ishlar vazirligi hozircha holat yuzasidan munosabat bildirmadi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi
Jahon | 01:23
-
Misr Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh bo‘yicha yangi rejani taklif qildi
Jahon | 00:41
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
-
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi
Jahon | 23:23 / 13.03.2025
Mavzuga oid

09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari

16:55 / 22.01.2025
Harbiy-strategik hamkorlik dasturi va 50 ta qo‘shma tadbir - Rossiya mudofaa vazirining O‘zbekistonga tashrifi tafsilotlari

09:47 / 16.01.2025
Chirchiq shahridagi dorixonada bosqinchilik sodir etildi

12:38 / 05.01.2025