10:08 / 25.10.2022
5482

O‘zbekiston Rossiyaga qariyb 2 ming tonna limon yetkazib berdi

O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,9 ming tonna limon eksport qilgan. 

Foto: Kun.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, limon eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 228 tonnaga kamaygan.

2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:

  • Rossiya – 1,9 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 677 tonna;
  • Qirg‘iziston – 332 tonna.

Xorijga eng ko‘p limon eksport qilgan hududlar:

  • Farg‘ona viloyati – 1,2 ming tonna; 
  • Xorazm viloyati – 511 tonna; 
  • Toshkent viloyati – 411 tonna; 
  • Namangan viloyati – 246 tonna.
Top