O‘zbekiston | 08:54 / 07.11.2022
5280
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Yevroittifoqqa eksportni ko‘paytirishda Venspils portidan foydalanmoqchi

O‘zbekiston Investitsiyalar vazirligida Venspils erkin porti (Latviya) va unga tutash erkin iqtisodiy zona delegatsiyasi vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

Uchrashuvda o‘zaro savdo va tranzit yuk tashish hajmini oshirish uchun shart-sharoit yaratishni nazarda tutgan holda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Port terminali va boshqa obektlarni ijaraga olish, erkin iqtisodiy zonada yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va GSP+ preferensiyalar bosh tizimi doirasida o‘zbek eksportyorlariga beriladigan imtiyozlardan foydalanib, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga tovarlar eksportini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

Port va EIZdan foydalanish O‘zbekiston tashqi savdo yuklarini Skandinaviya davlatlari, Braziliya, AQSh va Kanadaga tranzit qilish bilan bir qatorda saqlash hamda chakana savdo tizimlariga tarqatish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirishi ham qayd etildi.

Venspils erkin porti Yevropa darajasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sanoat markazi hisoblanib, port xizmatlarini amalga oshiradi. U Boltiq dengizi sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan va muzlamaydigan portlar toifasiga kiradi. Yuk aylanmasi bo‘yicha u Latviyada ikkinchi o‘rinda turadi. 2021 yilda port umumiy yuk aylanmasi 11,1 million tonnani tashkil etdi.

Mavzuga oid