Svetlana Osipova – taekvondo bo‘yicha jahon chempioni
Svetlana Osipova Meksikadagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritib, taekvondo bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik qizga aylandi.
Meksikada o‘tayotgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida, ayollar o‘rtasida +73 kg vazn toifasida bahs olib borgan o‘zbekistonlik Svetlana Osipova barcha raqiblarni mag‘lub etdi va jahon chempioni bo‘ldi.
E’tiborlisi, o‘zbek taekvondosi tarixida bugungi kungacha hech kim ayollar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘lmagandi.
Dastlab AQSh vakilasi ustidan g‘alaba qozongan Osipova chorak finalda Marokash, yarim finalda avstriyalik raqibalarini ham mag‘lubiyatga uchratdi.
Finalda isroillik Dana Arzanga qarshi chempionlik uchun dayanga chiqqan Svetlana 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
JChda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Jasur Jaysunov (-74 kg) va Marat Mavlonov (+87 kg) medallar uchun kurashni erta tark etdi.
Mavzuga oid
22:27 / 04.12.2024
Ulug‘bek Rashitov jahonning 2024 yildagi eng yaxshi taekvondochisi bo‘ldi
16:35 / 22.08.2024
“Taekvondo uchun ko‘p narsadan voz kechdim” – Parij olimpiadasi sovrindori Svetlana Osipova
01:26 / 11.08.2024
Svetlana Osipova - Olimpiada sovrindori bo‘lgan o‘zbekistonlik ilk ayol taekvondochi
20:07 / 08.08.2024