Amerikalik ayol o‘pka saratonidan bir necha soatda shifo topdi
Texaslik ayol o‘pka saratoni aniqlanganidan bir necha soat o‘tgach jarrohlik stoliga yotdi va tuzalib ketdi.
61 yoshli Eypril Budro uch marta saraton kasalligidan omon qolganidan keyin, har yili kompyuter tomografiyasidan o‘tishni boshlagan. U 1980-yillarda ikki marta Hojkin limfomasi va 2002 yilda ko‘krak saratoni kasalligiga chalingan edi.
2022 yil yanvar oyida o‘tkazilgan tekshiruvda uning o‘pkasida tugun borligi aniqlangan. Keyingi tekshiruvlar uning juda erta bosqichdagi o‘pka saratoni ekanligini ko‘rsatgan. Kasallikning yagona alomati nafas olishda ozgina qiynalish bo‘lib, ayol buni keksalik bilan bog‘lagan edi. Shundan so‘ng, shifokorlar uni darhol jarrohlik amaliyotidan o‘tkazib, tugunni olib tashlashgan. Uch kundan keyin bemor odatdagi hayotiga qaytgan.
Endi bemor har olti oyda kompyuter tomografiyasidan o‘tmoqda va unda saratonning yangi belgilari topilmagan.
Bu voqea chekuvchi odamlarga o‘pka saratoni bo‘yicha muntazam tekshiruvdan o‘tib turish muhimligini anglatadi. Hech qachon chekmagan odamlarda ham o‘pka saratoni rivojlanishi mumkin bo‘lsa-da, bunday og‘ir kasallikka 72 foiz holatda chekish sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:42 / 05.12.2024
Ifloslangan shahar havosi saraton keltirib chiqarishi aniqlandi
22:16 / 08.11.2024
Shavkat Mirziyoyev bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi
17:42 / 08.11.2024
Olimlar saratonning eng agressiv shakllarini yengish usulini o‘rgandi
15:23 / 30.10.2024