Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda ishchilarni haqorat qilgani uchun rossiyalik menejyer ishdan haydaldi
Tarazdagi «Kazfosfat» zavodi ishchilari rossiyalik boshlig‘i ularni qo‘ylar deb atagani uchun ish tashlash e’lon qildi. Voqea joyiga politsiya maxsus kuchlari yetib kelgan.
Foto: Base
Qozog‘istonning Taraz shahrida 23 noyabr, chorshanba kuni «Kazfosfat» mineral o‘g‘itlar zavodining yuzlab ishchilari ish tashlash va mitingga chiqishdi. Bunga top-menejyerlardan biri, Rossiya fuqarosining haqoratli so‘zlari sabab bo‘lgan. Mahalliy matbuotning yozishicha, u ishchilarni qo‘y deb atagan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishda 200 dan ortiq odam qatnashgan, zavodda esa 400-500 nafar xodim ish tashlagani ma’lum qilindi. Ishtirokchilar rahbariyatdan uzr so‘rashni talab qilishdi, shundan so‘ng ular mehnat sharoitlarini yaxshilash va maoshni oshirishni talab qila boshladilar. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan fotosuratlar va videolardan ma’lum bo‘lishicha, ishchilar korxona yaqiniga to‘plangach, u yerga politsiyaning maxsus bo‘linmalari jalb qilingan.
Rossiyadan kelgan top-menejyerlardan biri bilan suhbat chog‘ida ishchilar: «Qozoq tilida gapir!», «Rossiyaga ket!», «Bizga bunday shovinistlar kerak emas!», «Sizlar mutlaqo surbetsizlar, bizni qo‘y deb atashdi, shovinistlar!», «Barcha ruslarni ishdan bo‘shatish kerak!», deb hayqirishgan, deya yozadi «Baza» Telegram-kanali. Aksiya ishtirokchilarining ayrimlari korxonadagi rossiyalik mutaxassislar oyiga 1,5 million tengedan maosh olishi, mahalliy aholi esa xuddi shu ish uchun 300-400 ming tenge olishidan norozi bo‘lgan.
Jambil tumani hokimligining xabar berishicha, namoyishlar natijasida Rossiya fuqarosi ishchilardan uzr so‘ragan va ishdan bo‘shatilgan. Ular zavodda millatlararo nizolar bo‘lmaganiga ishontirishdi.
Tarazdagi norozilik namoyishlaridan sal avval Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenko rossiyalik siyosatshunos Dmitriy Drobnitskiyning «Rossiya» telekanalidagi «Vladimir Solovyov bilan oqshom» tok-shousidagi bayonotlarini tanqid qildi. Drobnitskiy Qozog‘istonni «navbatdagi muammo» deb atadi va Ukrainadagi kabi «natsist jarayonlari u yerda ham boshlanishi mumkin», dedi. Vasilenkoning aytishicha, bunday bayonotlar Moskvaning «rasmiy pozitsiyasini aks ettirmaydi», lekin ular «Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi an’anaviy yaqin munosabatlarga putur yetkazadi va Rossiya rasmiylarining tegishli munosabatiga loyiqdir».
Mavzuga oid
08:43
Ijtimoiy tarmoqlar va bolalar: Qozog‘istonda cheklovlar ko‘rib chiqilmoqda
09:20 / 24.01.2026
Qozog‘iston-O‘zbekiston: “Do‘stlik” kanali tozalanadi, Sirdaryoda 10 gidropost o‘rnatiladi
12:29 / 23.01.2026
2025 yilda O‘zbekiston mahsulotlari 75 ta davlatga eksport qilingan
18:32 / 22.01.2026