Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya NATOning mudofaa xarajatlari bo‘yicha talabini bajara olmaydi
Germaniya qurol sotib olish uchun 100 milliard yevro sarflashni rejalashtirmoqda. Shunga qaramay, u yaqin yillarda mudofaa uchun yalpi ichki mahsulotning kamida 2 foizini ajratish bo‘yicha NATO talabini qondira olmaydi.
Foto: Reuters
Germaniya, Bundesverni qayta qurollantirish uchun 100 milliard yevro miqdoridagi maxsus budjetga qaramay, NATOning yalpi ichki mahsulotning kamida ikki foizini mudofaaga 2023 yilda ham, 2026 yildan boshlab ham ajratish talabini bajara olmaydi. Ushbu maqsadga erishish «uzoq vaqtga kechiktirilmoqda, zaruriy jihozlarni hatto qisqa muddatda ham xarid qilib bo‘lmaydi», deb yozadi Rheinische Post gazetasi 5 dekabr, dushanba kuni Germaniya iqtisodiyot instituti (IW) hisoboti nusxasiga tayanib.
Institut mutaxassislari harbiy texnika sotib olishdagi kechikishlar va Bundesverning muntazam budjetini rejalashtirishda yetarlicha moliyalashtirilmagani muammosini narxlarning oshishi bilan bog‘lashmoqda.
Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiyaning Ukrainaga qurolli bostirib kirishiga javoban Germaniyaning mudofaa xarajatlarini YaIM 2 foizigacha oshirish niyatini tasdiqladi.
Shu bilan birga, Germaniya iqtisodiyot instituti prognozlariga ko‘ra, bu vazifani bajarish uchun Germaniya, hatto 100 milliard yevro miqdorida maxsus texnika ajratishni hisobga olgan holda ham muntazam mudofaa budjetini yiliga kamida 5 foizga oshirishi kerak.
Mavzuga oid
09:47 / 26.01.2026
Pistorius: Tramp NATO askarlari haqidagi so‘zlari uchun kechirim so‘rashi kerak
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
21:32 / 23.01.2026
Trampning Davosdagi nutqi: xatolar va chalkashliklar
23:18 / 21.01.2026