Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram akkauntlarini ommaviy o‘g‘irlash holatlari ko‘paydi
Firibgarlar soxta havola orqali foydalanuvchi profilini qo‘lga kiritmoqda.
Foto: Getty Images
17 dekabr kuni Telegram foydalanuvchilari profillarini noqonuniy egallab olishga urinishlar ko‘paygani kuzatildi.
Firibgarlar ishlatayotgan usul taxminan quyidagicha: foydalanuvchi o‘z kontaktlaridan biridan sovg‘a – Telegram Premium’ga obuna bo‘lish haqida xabar olishi mumkin. Akkaunt egasi xabardagi tugmani (yoki havolani) bosadi, shundan so‘ng u Premium obunani «faollashtirish» uchun avtorizatsiya kodini oladi. Foydalanuvchi kodni kiritadi, oqibatda firibgar uning akkauntini o‘z kompyuterida ochadi. Shundan so‘ng, o‘g‘irlangan akkauntdan bu xabar kontaktlar ro‘yxatidagilarga jo‘natiladi. Oqibatda, akkauntlarning ommaviy o‘g‘irlanishiga yo‘l ochiladi.
Mutaxassislar Telegram foydalanuvchilarini ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalanishga chaqirmoqda, bunda hatto kodni kiritgandan keyin ham tajovuzkorlar faqat akkaunt egasi biladigan parolni kiritishi kerak bo‘ladi.
Avvalroq firibgarlar Telegram akkauntlarini o‘g‘irlash uchun turli tanlovlarda ishtirok etish taklif qilingan havolalar jo‘natayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mavzuga oid
13:35 / 19.01.2026
Telegram’dagi APK fayl tufayli fuqaro 55 mln so‘mdan ayrildi
15:27 / 17.01.2026
Roskomnadzor Telegram’ni qisman bloklamoqda
13:51 / 07.01.2026
FT: Rossiyada Telegram’ning 500 mln dollarlik obligatsiyalari muzlatib qo‘yilgan
13:34 / 02.01.2026