Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari kooperatsiya loyihalarini boshlab berdi
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yirik qo‘shma investitsiya va sanoat loyihalarini boshlash bo‘yicha tantanali marosimda ishtirok etdi.
Loyihalar orasida Navoiy viloyatida kompleks va fosforli mineral o‘g‘itlarini ishlab chiqarishni tashkil etish, Toshkent viloyatida logistika markazini barpo etish, Toshkent shahrida uy-joy va tijorat infratuzilmasini qurish, Qozog‘istonning Qo‘stanoy shahrida avtomobillar va Qarag‘anda viloyatida maishiy texnika ishlab chiqarishni alohida qayd etish mumkin.

Prezidentlar loyihalarga start berib, ular nafaqat o‘zaro savdo hajmini oshirishga xizmat qilishi, balki zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini, eng muhimi, minglab yangi ish o‘rinlarini yaratishiga ishonch bildirdilar.

Mavzuga oid
08:29 / 15.01.2026
Qozog‘istonda alkogol savdosini cheklash taklif qilindi
10:04 / 14.01.2026
Qozog‘iston nefti eksportiga bog‘liq tankerlar Qora dengizda nishonga olindi
20:37 / 13.01.2026
Qozog‘iston osmonida O‘zbekiston va Rossiya samolyotlari xavfli yaqinlashgani ma’lum bo‘ldi
13:23 / 13.01.2026