AQSh prezident Putinni yo‘q qilish bilan tahdid qilmoqda - Lavrov
Rossiya tashqi ishlar vaziri so‘zlariga ko‘ra, Pentagonda Kremlga zarba berish g‘oyasi bor.
Pentagonning nomi oshkor etilmagan rasmiylari amalda Kremlga «boshini tanasidan judo qiluvchi zarbani» berish bilan tahdid qilishdi, bu esa Rossiya prezidenti Vladimir Putinning jismonan yo‘q qilinishini anglatishi mumkin. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning Rossiyani jilovlashga qaratilgan siyosati o‘ta xavfli bo‘lib, yadroviy davlatlarning bevosita qurolli to‘qnashuvi xavfini keltirib chiqaradi.
«Vashington hammadan uzoqroqqa bordi: u yerda Pentagonning ba’zi «nomi oshkor etilmagan amaldorlari» Kremlga «boshini tanasidan judo qiluvchi zarbani» berish bilan tahdid qilishdi, mohiyatan gap Rossiya davlat rahbarini jismoniy yo‘q qilish tahdidi haqida ketyapti. Agar bunday g‘oyalar haqiqatan ham kimnidir kallasiga kelgan bo‘lsa, ehtimoliy oqibatlari haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerak», dedi Lavrov.
Shuningdek, u Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «NATO davlatlaridan Rossiyaga ogohlantiruvchi yadro zarbasi berishni so‘rayotganini» aytdi. Vazirning ta’kidlashicha, yadroviy urushda g‘olib bo‘lishi mumkin emas va «u hech qachon qo‘zg‘atilmasligi kerak».
«Biz AQSh va umuman G‘arbda yadroviy qurol mavzusi atrofidagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini chuqur tashvish bilan qayd etamiz», dedi Sergey Lavrov.
Mavzuga oid
21:05
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
20:22
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
19:49
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40