Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda o‘quv binosining yerto‘la qismida portlash sodir bo‘ldi
Hozirda portlash sabablari aniqlanmoqda. Tan jarohati olganlar yo‘qligi aytildi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Buxoro shahrida o‘quv binosining yerto‘la qismida chaqnash sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat FVB rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 4 yanvar kuni soat taxminan 00:52 larda Buxoro shahri, “Olim Xo‘jayev” MFY Mustaqillik ko‘chasida joylashgan, o‘quv markaz sifatida foydalanib kelingan 50/3-uyning yerto‘lasida chaqnash sodir bo‘lgan. Buning oqibatida yerto‘ladagi 3 dona eshik romlar joyidan siljigan va 70 kv.m maydonda tom qismi plastik qoplamasi zararlangan.
Chaqnash oqibatida jabrlangan va tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda chaqnash sabablari aniqlanmoqda.
Oldinroq Buxoroda qurilayotgan 7 qavatli uyning 7-qavatida beton plitalar qulab tushgandi.
Mavzuga oid
11:58 / 17.12.2025
Buxoroda 4,7 kg “opiy” musodara qilindi
15:30 / 06.12.2025
Kogonda sexda chaqnash ro‘y berdi, 4 kishi halok bo‘ldi
09:50 / 05.12.2025
Gulistondagi portlashdan so‘ng 3 kishi qamoqqa olindi
18:29 / 04.12.2025