Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Budapesht shahrida O‘zbekiston elchixonasi ochilyapti
O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi (qarorgohi – Vena shahrida) Abat Fayzullayev Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligida Sharqiy mamlakatlar, xususan, O‘zbekiston bilan o‘zaro aloqalarga mas’ul davlat kotibi o‘rinbosari Adam Shtifter bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Foto: Dunyo
Tadbirda joriy yilda hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar va dasturlar hamda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Vengriya tomoni 2022 yil oktabr oyida O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi davomidagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlar natijasida mamlakatning Budapesht shahrida elchixonasi ochilayotganini olqishladi. Ushbu diplomatik vakolatxona tashkil etilishi o‘zaro munosabatlarni yanada chuqurlashtirish hamda hamkorlikda belgilangan tadbirlar va amaliy harakatlarni to‘laqonli amalga oshirishga xizmat qilishi bildirildi. «Ikki davlat poytaxtida doimiy faoliyat yurituvchi elchixonalar mavjudligi o‘zaro strategik hamkorlik munosabatlarimizga to‘la mos keladi», deb ta’kidladi Adam Shtifter.
Tomonlar Vengriyaning OTP banki tomonidan O‘zbekistonning «Ipoteka-banki» xususiylashtirilishi ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro investitsiyaviy va savdo aloqalarini jadallashtirishga imkon yaratishini alohida qayd etdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish, O‘zbekiston-Vengriya birinchi hududlararo forumini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
15:50 / 21.01.2026
Elchixonalarda tadbirkorlar uchun koll-markaz tashkil qilish taklif etildi
14:01 / 19.01.2026
Budapeshtdagi elchixona firibgarlik qurboni bo‘lgan migrantlarga yordam berdi
17:34 / 18.12.2025
Misrda o‘zbekistonliklarning ushlanishi bilan bog‘liq holatlar oshdi
13:34 / 20.11.2025