O‘zbekiston | 11:56 / 17.02.2023
10082
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi

Shanba kuni O‘zbekistonning faqat janubi-sharqiy qismida yomg‘ir davom etadi, yakshanba kuni esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shanba kuni havo harorati kunduzi +10 darajagacha, yakshanba kuni esa +12 darajagacha isiydi. Joylarda tuman tushishi mumkin.

Foto: Kun.uz

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Respublika hududining katta qismida juma kuni kunduzi yomg‘ir yog‘ishi davom etadi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida biroz yog‘ingarchilik faqat ayrim joylarda bo‘lishi mumkin. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchsiz yomg‘ir faqat ertalab yog‘adi. Havo harorati +5…+10 daraja iliq, shimolda 0…+5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda esa vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, dam olish kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0…+3 daraja iliq, kunduzi shanba kuni +8…+10 iliq, yakshanba kuni +10…+12 daraja iliq bo‘ladi.

Shanba kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat respublika janubi-sharqiy hududlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi.

Havo harorati kechasi 0…+5 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda –2 daraja sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kuni esa havo +7…+12 darajagacha isiydi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 17−18 fevral kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘li hududlarda dam olish kunlari qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Mavzuga oid